AQShning O‘zbekistondagi muxtor elchisi Daniel Rozenblyum va SamDCHTI rektori nima haqida suhbatlashishdi?

   AQShning O‘zbekistondagi muxtor elchisi Daniel Rozenblyum boshchiligidagi 8 kishilik delegatsiya vakillari Samarqand davlat chet tillar institutiga o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida tashrif buyurishdi.

   Tashrif chog‘ida AQSH elchixonasi va Samarqand davlat chet tillar instituti o‘rtasidagi yo‘lga qo‘yilgan hamda uzoq davom etib kelayotgan hamkorlik munosabatlari va istiqbolli rejalar to‘g‘risida fikrlar almashinildi.

   Shuningdek, tashrif chog‘ida mehmonlar institutda AQSh elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan axborot resurs markazi, institutda faoliyat ko‘rsatayotgan Access English for STEM loyihasi a’zolari va talabalari bilan tanishgan holda  o‘quv mashg‘ulotlari jarayonini ham kuzatishdi.

Fotogelereya