AQSH elchixonasi vakillari tomonidan Access English for STEM loyihasi doirasida monitoring tashrifi amalga oshirildi.

   17-oktabr kuni AQSHning O‘rta Osiyo bo‘yicha ingliz tilini o‘qitish dasturlari direktori John Silver, O‘rta Osiyo bo‘yicha ingliz tili dasturlari koordinatori Olga Paterova hamda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimi U.Boltayevalar SamDCHTIga tashrif buyurdi.
   Delegatsiya bilan tashkil etilgan rasmiy uchrashuvda SamDCHTIda ingliz tilini o‘qitishni yanada rivojlantirish, xorijiy mutaxassislarni o‘quv hamda ilmiy-tadqiqot jarayoniga jalb qilish, AQSH oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida fikrlar almashinildi. Shuningdek, tashrif davomida delegatsiya a’zolari SamDCHTIda Access English for STEM loyihasi bo‘yicha ingliz tilini o‘rganayotgan talabalar bilan uchrashdi. Talabalarning ingliz tilidagi chiqishlarini, dars jarayonlarini kuzatishdi va STEM o’qituvchilari bilan suhbatlashishdi.

Fotogelereya