STEM loyihasining monitoringi

Elchixona tomonidan “STEM” loyihasining monitoring bo’lib o’tdi.
2019-yil 6-may kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Amerikaning O‘zbekistondagi elchixonasi madaniyat va ta’lim ishlari bo‘yicha maslahatchisi Kristen Michener hamda elchixonaning madaniyat va ta’lim ishlari bo‘yicha xodimi hamda Access English for STEM loyihasi mahalliy koordinatori Umida Boltaeyavalar “STEM” loyihasining navbatdagi monitoringini o‘tkazish uchun tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mutaxassislar Access English for STEM loyihasida ishtirok etayotgan talabalar bilan yaqindan suhbatlashdi, savol-javob qilishdi hamda Kirsten Michener xonim tomonidan qisqa master-klasslar tashkil etildi. Savol-javob hamda munozaralarda faol ishtirok etgan talabalarga elchixona tomonidan sovg’alar taqdim etildi.

Fotogelereya