SamDChTIda “STEM” loyihasining seminar-treningi bo‘lib o‘tdi

        Amerika qo‘shma shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan Samarqand davlat chet tillar institutida nofilologik ta’lim yo‘nalishlarida ta’lim oluvchi talabalar uchun ingliz tili kurslari STEM (science, technologiy, engineering, mathematics) loyihasi amalga oshirilmoqda. 
        Joriy yilning 10-aprelida Samarqand davlat chet tillar institutida “STEM” loyihasining seminar-treningi bo‘lib o‘tdi. SamDChTIda 20 ga yaqin xorijlik mutaxassislar faoliyat olib borayapti hamda ular bilan tajriba almashinilayotganligi, shuningdek, Yevropaning ko‘plab nufuzli OTMlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligi va institut faoliyati to‘g‘isida batafsil tanishtirib, seminarni ochib berdi institut rektori I.M.Tuxtasinov.
Mazkur loyihaning maqsadi tibbiyot, texnika, muhandislik, matematika, fizika, biologiya va boshqa yo‘nalishlarda ta’lim olayotgan talabalarning ingliz tilini bilish darajasini oshirishga qaratligan. 
         Seminar-treningda Buxoro davlat universiteti, Andijon davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Urganch davlat universiteti hamda Samarqand davlat chet tillar institutlari ishtirok etishdi.

 

Fotogelereya