Institutda STEM loyihasi tanlovining yakuniy bosqichi bo’lib o’tdi

Samarqand davlat chet tillar institutida AQSh elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan STEM (science, technical, engineering, mathematics) loyihasi doirasida o’quv mashg’ulotlari institut malakali professor-o’qituvchilari tomonidan ilg’or pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda  yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

Samarqand shahridagi oliy o'quv yurtlarining matematika, fizika, biologiya, kimyo, qishloq xo'jaligi, axborot texnologiyalari, muhandislik fakultetlari talabalaridan 52 nafari saralab olindi va ular loyiha doirasida 2 yil davomida bepul ingliz tili  kurslarida ishtirok etishadi. O’quv mashg’ulotlari institutning malakali professor-o’qituvchilari hamda Amerikalik mutaxassislar tomonidan olib boriladi.

Fotogelereya